Tungi profilaktik tadbirlar

Surxondaryo viloyati FVB boshligʻi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Termiz shahrida tunda insonlar qoladigan obyektlarda oʻrganish ishlari amalga oshirildi. 

Oʻrganish davomida mutasaddilar tomonidan Termiz davlat universitetining isitish qozonxonalari oʻrganilib, masʼul xodimlarga qoʻshimcha yoʻriqnomalar berildi. Shu bilan birga, talabalar turar joyida oʻquvchi talabalarga is gazi, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yongʻinlarning oldini olish boʻyicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. 

Shundan soʻng Termiz shahrida joylashgan qurilishi tugallanmagan obyektlarda, bozorlarda tunda hizmat olib borayotgan xodimlarga yongʻinlar bilan bogʻliq hodisalarning oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.