"Korrupsiyaga qarshi kurashish  oyligi" doirasida 

Buxoro viloyati FVBda viloyat Harbiy prokurori ishtirokida "Yoshlarga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik" shiori ostida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda korrupsiya illatining ayanchli oqibatlari, nafs qurbonlarining fojeaviy yakuni to‘g‘risida aniq dalillar keltirildi. Shuningdek, mutasaddilar tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarni oldini olish va manfaatlar to‘qnashuvi kabi mavzularda harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida ham atroflicha tushuntirishlar berildi.