“Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlaridan

FVV Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi shaxsiy tarkibi tomonidan Toshkent shahridagi 102 va 106-sonli Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchi murabbiylar va tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda “Biz yong‘inga qarshimiz” shiori ostida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi. 

Mazkur uchrashuvda so‘zga chiqqanlar, eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarga surdo tarjimonlar yordamida yong‘in, uning oqibatlari va zarari, yong‘in kelib chiqmasligi uchun ko‘rilishi zarur bo‘lgan choralar hamda amal qilinishi zarur bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirib o‘tdilar. Shuningdek, maktab-internat tarbiyalanuvchilarini qiziqtirgan savollarga javob berish bilan bir qatorda, ularning favqulodda vaziyatlarning oldini olish qoidalarini qay darajada bilishlari bo‘yicha yakka tartibda muloqotlar o‘tkazildi.