“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida elektr energiya obyektida o‘tkazilgan tadbir

FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi shaxsiy tarkibi tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida elektr energiya obyektida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakt qilish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Unda jabrlanganlarni xavfsiz joyga olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inlar va avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarilib, xodimlar bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.