“Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari

FVV Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Oylik doirasida bugungi kunga qadar profilaktika va ko‘chma mashg‘ulotlarda korxona va tashkilotlar xodimlari, ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari, talabalari hamda Institut malaka oshirish kurslariga kelgan tinglovchilarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha nazariy bilimlar berildi. Shuningdek, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari oshirildi. Bu boradagi tadbirlar izchil davom etmoqda.