"Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasidagi tadbirlar Sirdaryo viloyati misolida

Yurtimizda davom etayotgan "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida Sirdaryo viloyati FVB rahbariyati hamda uning hududiy bo‘limlari xodimlari tomonidan tungi va kunduzgi nazorat-profilaktika tadbirlari, o‘quv mashqlari, seminarlar, uchrashuvlar va texnikalar namoyishlari o‘tkazib kelinmoqda. Aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida aniqlangan kamchiliklar daxldor idoralarning mutaxassislarini jalb qilgan holda bartaraf etilmoqda.