Surxondaryo va Qashqadaryoda korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida vazirlik mas’ul rahbar xodimlari tomonidan harbiy xizmatchi va xizmatchilar ishtirokida profilaktik tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir davomida shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida atroflicha tushunchalar berildi.