Eng munosiblar – g‘oliblar safida!

Respublikamiz bo‘ylab daxldor tashkilotlar hamkorligida “Yil ayoli” milliy tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur tanlovning "Yilning eng vatanparvar ayoli" nominatsiyasi bo‘yicha vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini asrash, jinoyatlar, qonunbuzarliklar hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oila farovonligini ta'minlash yo‘lida olib borayotgan namunali faoliyati bo‘yicha prokuratura, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, mudofaa , chegara qo‘shinlari, milliy gvardiya, davlat xavfsizlik xizmati, soliq, bojxona tizimida xizmat qilayotgan va shu bilan birga oila bekasi bo‘lgan harbiy ayollar ishtirok etdi. 

Buxoro viloyati FVB katta inspektori podpolkovnik Aynazarova Nargiza Xudoyberdiyevna milliy tanlovning viloyat bosqichida "Yilning eng vatanparvar ayoli" nominatsiyasi g‘olibi deb topilib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Hamkasbimizni munosib g‘alaba bilan chin yurakdan tabriklaymiz hamda respublika bosqichida omad va zafarlar tilaymiz!