Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligidagi ishchi guruhning Toshkent shahridagi o‘rganishlari davom etmoqda 

Kommunal sohalarning barqaror faoliyati aholi turmush sifatini ta’minlaydigan eng muhim omil hisoblanadi. Toshkent shahri hududida ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy obyektlarni issiqlik ta’minoti, gaz va energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj va talablarini kafolatli ta’minlash, ularni uzluksiz va barqaror ishlashga qaratilgan tizimli ishlar davom etmoqda. 

Xususan, bugun, Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligida, Yunusobod tumanida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.