Xalqaro hamkorlik doirasida

Bugun, 28-noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar Akademiyaning axborot-resurs markazi, o‘quv-moddiy texnik bazasi va dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi hamda zamonaviy ta’lim jarayonlari yuzasidan o‘zaro tajriba almashildi. Bu albatta ikka davlat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.