“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida

Navoiy viloyatining Zarafshon shahar va Uchquduq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari hamda NKMK AJ va Navoiyuran DK OYXTTE markazi qutqaruv qismlarining harbiy xizmatchilari bilan Yosh avlodga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda daxldor idoralar mas’ullari qatnashib, shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish borasida atroflicha tushunchalar berildi.