Qashqadaryoda “A’lochi xodim” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyating Qarshi shahrida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va yong‘inlarni o‘chirish yo‘nalishida "A’lochi xodim" ko‘rik-talovining respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarning jami 18 ta jamoalari ishtirok etib, jangovar, jismoniy va yong‘in-qutqaruv saf tayyorgarligi borasida nazariy va amaliy ko‘nikmalari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ko‘rik-tanlov yakuni bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar dimlom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.