Farg‘onada ogohlikka chorlovchi tadbirlar 

Farg‘ona viloyati FVB boshlig‘i rahbarligida mas’ul tashkilotlar ishtirokida “Yong‘in xavfsizligi oylgi” doirasida viloyat hududi bo‘ylab kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan ko‘p kvartirali uylar, aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlarining qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganib chiqilib, aholiga yong‘inlar, is gazidan zaharlanish hamda gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda holatlarning oldini olish borasida zarur tavsiyalar berilmoqda.