“Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari doirasida 

FVV Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tomonidan “Agrobank ATB” Toshkent shahar BXM da “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda davomida bank ishchi-xizmatchilariga, yong‘indan xabar beruvchi moslamalar, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan qanday foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishlari hamda is gazidan zaharlanishdan ehtiyot bo‘lish to‘g‘risida tushunchalar berildi.