Hurmatli fuqarolar❗️

🔰So‘nggi yillarda, asosan kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan mamlakatimiz bo‘ylab, ayniqsa, hududlarda maxsus kiyim-boshdagi shaxslar o‘zlarini “davlat yong‘in nazorati organi (“pojarniy”) xodimi” sifatida tanishtirib, fuqarolardan “yillik to‘lov” qabilida turli miqdordagi pul mablag‘larini majburiy tarzda noqonuniy yig‘ish holatlari kuzatilmoqda. (https://t.me/huquqiyaxborot/10929)

Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuqorida aytib o‘tilgan shaxslarning FVV faoliyatiga hech qanday aloqasi yo‘qligini, shu bilan birga, yong‘in va uning oldini olish bilan bog‘liq tadbirlar uchun vazirlik tizimi xodimlari tomonidan hech qanday pul yig‘imlari, boshqa turdagi to‘lovlar undirilmasligini ma'lum qiladi.

☝️Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, hozirda yurtimizning turli hududlarida favqulodda vaziyatlar, yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritadi. Ularning nizomlarida ham favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan aholiga xizmat ko‘rsatish vazifalari belgilangan.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sizlardan bu borada quyidagilarga e'tibor qaratishingizni so‘raydi:

🔷 xonadoningizga kelib, o‘zini FVVning quyi tizimlariga o‘xshash tashkilotlar nomlari bilan tanishtirgan shaxslardan, birinchi navbatda, o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishini so‘rang;

🔷 ularning faoliyat turi hamda qanday xizmatlar ko‘rsatishi va ishlarni bajarishlariga aniqlik kiriting;

🔷 ular tomonidan taklif qilinadigan xizmatlarni bajarish faqat Sizning roziligingiz asosida amalga oshirilishi mumkinligini unutmang!

💢Agar, xizmat ko‘rsatmasdan va siz yoki oila a'zolaringizni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan biror ishlarni bajarmasdan, Sizdan majburiy tartibda to‘lov talab qilinsa, o‘z huquqlaringizni himoya qilish maqsadida, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishingiz mumkin.