Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bog‘i barpo etildi

Respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, boshqarma rahbariyati, shaxsiy tarkibi va yoshlar ishtirokida viloyat FVBga biriktirilgan Qiziriq tumanidagi “Kun chiqish” mahallasi hududida iqlimiga mos bo‘lgan 7 turdagi 2000 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bog‘i barpo etildi. Olib borilangan tadbirda shaxsiy tarkib, faxriylar hamda yoshlar munosib ishtirok etdi.