FVV tizimiga yangi texnikalar topshirildi

Zamonaviy, qulay va yuqori samarali- Favqulodda vaziyatlar vazirligi uchun navbatdagi “Isuzu” rusumli maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari olib kelindi. Bugun markaziy bazada  Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Sh.Djo‘rayev ularni xizmatda foydalanish uchun yong‘in-qutqaruv qismlariga topshirdi. Albatta, moddiy texnik baza yaxshilangani qutqaruvchilarning ish samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.