Buxoro viloyati Kengashining sessiyasida FVB axboroti eshitildi

Bugun, 28-noyabr kuni Buxoro viloyati hokimi rahbarligida Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 87-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.A.Abduxalikov "Buxoro viloyatida 2023-2024 yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida olib borilayotgan tadbirlar" mavzusida ma'ruza qildi. Joylarda aholi xonadonlari, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko'p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashi va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida profilaktik tadbirlar to‘g‘risida so‘z borar ekan, aholini joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar o‘tkazilayotgan "Yong‘in xavfsizligi oyligi"da faol ishtirok etish, yong‘inlar, is gazidan zaharlanish va havo-gaz aralashmasi chaqnashining oldini olish bo‘yicha xushyorlikka chaqirdi.