Aholi xavfsizligi yo‘lida: Toshkent shahrida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida olib borilayotgan tadbirlar

Toshkent shahar FVB xodimlari “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida daxldor xizmatlar bilan hamkorlikda shaharning barcha tumanlarida kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar olib bormoqda. Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarda favqulodda vaziyatlar hamda yong‘inlarning oldini olish borasida ishtirokchilarga tushunchalar berilib, mavzuga doir eslatma, buklet va boshqa tarqatma materiallari tarqatilmoqda.