“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun “Yosh avlodga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik” mavzusida davra suhbati tashkil etilib, unda boshqarma rahbariyati va hamkorlikdagi idora mas’ul xodimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. 

Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, ishlarni me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etish, korrupsiya xavf-xatarlari va manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularga chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish kabi qator profilaktik choralarni amalga oshirish zarurligi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.