Tungi o‘quv-amaliy taktik mashq

Toshkent viloyati FVB tomonidan "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida hamkorlikdagi tashkilotlarni jalb qilgan holda viloyat hududidagi muntazam faoliyat olib boruvchi korxonalarda tungi o‘quv-amaliy taktik mashq o‘tkazilib kelinmoqda. Navbatdagi mashq viloyatning  O‘rtachirchiq tumanidagi neft mahsulotlarini saqlashga ixtisoslashgan “Kuchlik neft bazasi” MCHJ da tashkil etildi. Mashq jarayonida korxona hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini qisqa vaqt ichida bartaraf etish va to‘g‘ri harakat qilish hamda jabrlanganlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliy tarzda bajarildi.