Hurmatli fuqarolar❗️ Is gazidan ogoh bo‘ling⚠️

Is gazi – rangsiz, hidsiz, tamsiz zaharli gazdir⚠️

⚡️Is gazidan zaharlanishni oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qiling:
🔹 qo‘lbola va nosoz isitish moslamalaridan foydalanmang;
🔹 tungi vaqt o‘rnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmang;
🔹 oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
🔹 isitish pechlari va ularning dudburonlarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor bering;
🔹 gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;
🔹 xonani isitish maqsadida ochiq olovdan aslo foydalanmang.

💢Oʻzingiz va yaqinlaringiz  xavfsizligi hamda salomatligini asrash oʻz qoʻlingizda!