Jondor tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

Joriy yilning 22-24 noyabr kunlari Buxoro viloyatining Jondor tumanida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.  

Uch kun davom etgan o'quv mashqlari davomida turli toifadagi obyektlarda, korxona va tashkilotlarni ishchi xodimlarining o‘z vazifasiga ko‘ra zarur harakatlari amalda bajarib o‘tildi.  Albatta, bunday mashqlar kutilmagan vaziyatlarda xodimlarining kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.