Kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida olib borilayotgan tadbirlar

Samarqand viloyati FVB boshlig‘i rahbarligida Samarqand shahri "Qorasuv" massivi hudididagi baland qavatli uylar va ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarni uzluksiz gaz hamda elektr resurslari bilan ta’minlash, energetika obyektlarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.