Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligidagi ishchi guruhning Toshkent shahridagi o‘rganishlari davom etmoqda 

Toshkent shahri hududida ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy obyektlarni issiqlik ta’minoti, gaz va energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj va talablarini kafolatli ta’minlash, ularni uzluksiz va barqaror ishlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, bugun, Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligida, Yangihayot tumanida aholi va hududlar muhofazasiga mas’ul tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.