Muzeyga sayohat… 

"Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida Namangan viloyati FVB tomonidan Namangan shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 1-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchilari uchun boshqarmadagi muzeyga sayohat tashkil etildi. 

Ekskursiya davomida o‘quvchi yoshlarga muzey tashkil etilgan kuni, uning tashkil etilishidan asosiy maqsad, u yerdagi eksponatlar hamda muzeyning hozirgi kundagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi. 

Qiziquvchan o‘quvchilar yong‘in-qutqaruv avtomashinasi, yong‘in avtomatik vositalari, nazorat qilish qurilmalari bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, isitish pechlari va gaz moslamalaridan foydalanish qoidalari, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, is gazidan zaharlanish kabi noxush holatlardan ogoh bo‘lish to‘g‘risida tushunchalar berildi.