Yarmarkalar, bozorlar va ko‘rgazmalarga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablarini bilasizmi?

Qonunchilikka ko‘ra, (https://lex.uz/docs/5056473#5058553) ochiq maydonlarda yoki binolarda (inshootlarda) belgilangan tartibda tashkil etilgan kiyim bozorlarida tashkilot rahbari quyidagi yong‘in xavfsizligi talablari bajarilishini ta'minlaydi:

🔸 evakuatsiya yo‘llariga olib boruvchi yo‘laklar va o‘tish joylaridagi savdo rastalarning o‘tish qatorlarining kengligi 2 m dan kam bo‘lmasligini;

🔸 savdo qatorlarining har 30 m dan so‘ng kengligi kamida 1,4 m bo‘lgan ko‘ndalang yo‘laklar bo‘lishini.

🔷Yarmarkalar va bozorlarda yong‘in sodir bo‘lganda odamlarni va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish, binolarni va hududni tark etish rejalari (sxemasi) hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning majburiyatlari ishlab chiqilishi lozim.