“Yongʻin xavfsizligi oyligi” samarali tashkil etilmoqda

Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, yongʻin-texnik komissiyalari, koʻngilli oʻt oʻchirish drujinalari faoliyatini faollashtirish, shuningdek, yongʻinlarning oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 Xususan, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ ishchi-xodimlari ishtirokida amaliy-taktik oʻquv mashqi oʻtkazilib, tadbir davomida xodimlarga birlamchi yongʻin oʻchirish vositalaridan toʻgʻri foydalanish va yongʻin sodir boʻlganda to‘g‘ri harakat qilish toʻgʻrisida tushunchalar berildi.