Dovondagi o‘rganish ishlari

“Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi boshchiligida dovon yo‘llarida xavfsiz xarakatni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan idora va tashkilotlar mutaxassislari bilan dovonda qishki mavsumga jalb etiladigan texnikalar, maxsus transport vositalari va mashina mexanizmlarining shayligi o‘rganib chiqildi. 

Asosiy e'tibor transport vositalarining qishki mavsumga tayyorgarligi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarining sifati hamda zaxira ehtiyot qismlari bilan ta'minlanganlik holatiga qaratilib, mexanizator, ishchi xodimlar uchun yaratilgan shart sharoitlarga ham alohida e'tibor berildi. 

Shuningdek, kuz-qish mavsumida yog‘ingarchiliklarda ishlatiladigan muzlamalarga qarshi qum-tuz zaxira omborlari ko‘zdan kechirildi.