"Qamchiq" dovonidagi vaziyat 

 Ayni vaqtda "Qamchiq" dovonining yuqori nuqtalarida qor aralash yomgʻir yog‘moqda. Dovondagi vaziyat toʻliq nazorat ostida, ikki tomonlama avtomobillar harakati davom etmoqda. 

Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.