"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasidagi tadbirlar Surxondaryo viloyati misolida 

Surxondaryo viloyati FVB masʼul xodimlari tomonidan, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida Sariosiyo tumani FV boʻlimi shaxsiy tarkibi bilan "Yoshlarga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik" hamda "Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilish" mavzularida profilaktik tadbir o'tkazildi. Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilar va xizmatchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarlik va jinoyatchiliklar, yoʻl transport hodisalari bilan bogʻliq qoida buzilish hamda korrupsion holatlarni sodir etmaslik to'g'risida tushuntirish ishlari olib borildi.