Amaliy yordam ko‘rsatildi

Kecha, 21-noyabr kuni soat 14:55 larda Qashqadaryo viloyati Nishon tumani "Janub mashʼali" mahallasidan oqib o‘tuvchi “Qarshi bosh kanali”ga "XUNJIE" rusumli motoulov haydovchisi ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib kanalga tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, kanaldagi motoulovni xavfsiz joyga olib chiqishda amaliy yordam ko‘rsatgan. Motoulov va uning haydovchisiga hech qanday ziyon yetmagan.