“Uzbekistan Airports” AJ Boshqaruv raisi kubogi

“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida mamlakatimizda ilk bora “Uzbekistan Airports” AJ vakillari bilan hamkorlikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan FVV Akademiyasi tasarrufidagi sport majmuasida “Uzbekistan Airports” AJ qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha ““Uzbekistan Airports” AJ Boshqaruv raisi kubogi” respublika birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. 

Unda yurtimizda faoliyat olib borayotgan “Uzbekistan Airports” AJ tasarrufidagi barcha xalqaro aeroportlardan 10 ta jamoa 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Bu kabi sport tadbirlarining tashkil etilishi qutqaruvchilarning jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish bilan bir qatorda, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni qisqa vaqt ichida kam talofatlar bilan bartaraf etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. 

Musobaqa yakunida, g‘olib va sovrindorlar “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan diplom, qimmatbaho sovg‘alar hamda kubok bilan taqdirlandilar.