Favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakatlanish bo‘yicha davra suhbati

FVV Fuqaro muhofazasi instituti professor o‘qituvchilari Farg'ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Qizil Yarim oy jamiyati vakillari ishtirokida viloyatdagi ko'zi ojiz va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakatlanishga tayyorlash sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash, shuningdek, ularni ijobiy hal etish choralarini belgilab olish yo‘nalishlarida davra suhbati o'tkazdi.

Uchrashuv yakunida Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan Brayl yozuvida ishlab chiqilgan "Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni zilzilada harakat qilishga tayyorlash" mavzusidagi qo'llanmasi hamda maxsus plakatlar to‘plamlari tadbir ishtirokchilaria taqdim etildi.