Buxoroda “Uch avlod uchrashuvi”

Tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” kabi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar el-yurtimiz hayotida go‘zal an'anaga aylandi. Kuni kecha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi faxriylari ishtirokidagi uch avlod vakillari Buxoro shahrida diydorlashdilar. Uchrashuv davomida o‘zaro suhbat va muloqotlarda mamlakatimizda insonga yuksak e'tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a'zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani bot-bot ta'kidlandi. Aynan shu kunda barcha uchun yangi marralar belgilab olindi, "Yangi O‘zbekiston" uchun yangi tashabbuslar, g‘oyalar ilgari surildi. Ular esa shubhasiz, real hayotiy natijalarga aylanib, yurtimiz taraqqiyotni yanada baland cho‘qqilariga olib chiqishga xizmat qiladi.