Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha o‘rganish ishlari

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati kuz-qish mavsumiga daxldor bo‘lgan tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda viloyatning Ohangaron shahar hamda Yuqorichirchiq tumanidagi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarining mavsumga tayyorgarlik holati bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilar tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.