"Yong‘in xavfsizligi oyligi" tadbirlari Sirdaryo viloyatida misolida

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati hamda shaxsiy tarkib tomonidan, ijtimoiy soha obyektlarining tungi va kunduzgi vaqtlarda xavfsiz isitilishi nazoratdan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas’ullarga qo‘shimcha yo‘riqnomalar berilmoqda. Shuningdek, ta’lim muassasalaridagi o‘quvchi yoshlar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.