FVV vakillari “Yangi Nafas” ommaviy yugurish marafoni sovrindorlari qatorida

Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan joriy yilning 19-noyabr kuni O‘zbekistonning 16 ta shahrida bir vaqtda “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi 1000 dan ortiq harbiy xizmatchi va qutqaruvchilar faol ishtirok etdi. 

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, Xorazm viloyati Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan marafonda Xorazm viloyati FVB vakili Tillayev Abdulaziz faxrli 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada Kuch tuzilmalari ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida FVV Akademiyasi kursanti Kiranbayev Akobir hamda harbiy xizmatchi va xodimalar o‘rtasida Toshkent shahar FVB vakilasi Panova Valeriya 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.