Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” HALda davra suhbati o‘tkazildi

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” HALda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Shahrisabz davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Markaziy Osiyo davlatlari bayroqlarida milliy o‘zlikning aks etishi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Davra subatida HAL o‘qituvchilari, o‘quvchilari, harbiy xizmatchilar va ishchi xodimlar ishtirok etishdi. Dastlab Respublikamiz bayrog‘ining qabul qilinishi, unda ifodalangan ma’no, bayroqning o‘lchamlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘zbek davlatchiligi tarixidagi bayroqlar, turli mamlakatlar bayroqlardagi ranglar, har xil belgi va tamg‘alarning ifodalagan ma’nolari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. 

BAYROG‘IMIZ TINCH VA OSOYISHTA, OZOD VA ERKIN HAYOTIMIZ, YORUG‘ KELAJAGIMIZGA BO‘LGAN ISHONCHIMIZ RAMZI SIFATIDA DOIMO BALAND HILPIRAYVERSIN!