Toshkent viloyati FVBda "Ochiq eshiklar" kuni tadbiri o‘tkazildi 

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida viloyat Yoshlar ittifoqi kengashi hamkorligida "Ochiq eshiklar" kuni tadbiri tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan viloyatning Toshkent tumanidagi 9-sonli umumta'lim maktabi qoshidagi "Burgut" harbiy sport guruhi, O‘rtachirchiq tumanidagi 2-sonli Kasb-hunar kollejining "Bo‘rilar" jamoasi, O‘rtachirchiq tumanidagi 71-sonli umumta'lim maktabining "Yosh tumurbeklar" jamoasi hamda Nurafshon shahar 12-son musiqa maktabi o‘quvchilari o‘zlarining qiziqarli chiqishlarini namoyish etdilar.  Tadbir so‘ngida ishtirokchilar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining hamda viloyat Yoshlar ittifoqi kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.