🌳 YASHIL MAKON

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Urganch shahrining “Beshmergan” mahallasi hududida barpo etilgan "Yoshlar bog‘i"ga 200 tup manzarali va 250 tup mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish tadbirlari olib borildi. Shuni alohida aytish kerakki, ushbu ezgu harakatlarda faxriylar ham faol ishtirok yetib, loyihaga o‘z hissalarini qo‘shdilar.