“Fuqaro muhofazasi instituti bog‘i” tashkil etildi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Fuqaro muhofazasi instituti tashabbusi bilan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududida “Fuqaro muhofazasi instituti bog‘i” tashkil etildi.  Mazkur bog‘ hududiga uzum ko‘chatlari ekilib, ko‘chatlarni dastlabki parvarishlash ishlari olib borildi. Bog‘ hududining qolgan qismlariga turli mevali ko‘chatlar ekilishi rejalashtirib olindi.