"Yosh avlodga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik"

Ayni shu mavzuda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida shaxsiy tarkib bilan o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma rahbariyati, Andijon Harbiy prokuraturasi va tegishli tashkilotlar mas'ul xodimlari ishtirok etdi. Seminar davomida mutasaddilar tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarnining oldini olish hamda xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida atroflicha tushuncha va tavsiyalar berildi.