Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Yoshlar bog‘i” tashkil etildi

Farg‘ona viloyati hududida olib borilayotgan keng qamrovli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilari va xizmatchilari ham munosib hissasini qo‘shmoqdalar. Kuni kecha Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan ajratib berilgan 1.2 gektar yer maydoniga 3000 tupdan ortiq uzum ko‘chatlari ekilib, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “Yoshlar bog‘i" barpo etildi.