18-noyabr – Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Boisi ularda sevikli Vatanning surati, mehru tarovati, xalqning mardonavor o‘tmishi, bugungi fidokorligi va istiqboli baralla namoyon bo‘ladi.

18-noyabr – Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bugun, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati shaxsiy tarkibi bilan boks bo‘yicha Olimpiyada, Jahon va Osiyo chempionlari, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonlari, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “El-yurt xurmati” ordenlari sohibi bo‘lgan sportchilar Muhammadqodir Abdullayev hamda O‘tkirbek Haydarovlar ishtirokida ma'rifat soati tashkil etildi.

Tadbir davomida sportchilar jahon va Osiyo arenalarida Davlatimiz bayrog‘i balnad cho‘qqilarga ko‘tarilgandagi xis-xayajonli onlarini ishtirokchilarga so‘zlab berdilar.

Qizg‘in muloqot yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.