Qashqadaryoda “Yong‘n xavfsizligi” oyligiga start berildi

Dastlab, tegishli korxona-tashkilotlarning kuch-vositalari bir manzilda jam bo'lib, viloyat hokimligi va Qashqadaryo Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas'ullari tomonidan "Yong'in xavfsizligi" oyligi doirasidagi profilaktik tadbirlarni har bir muassasada yuqori saviyada o'tkazish bilan birga, uning samaradorligiga erishish asosiy maqsad ekanligini ta'kidlandi. 

Shuningdek, mas'ullar tomonidan bozor va savdo majmualarida hamda jamoat transportlarida fuqarolarga yong'in xavfsizligini ta'minlashga oid muhim tushuntirish ishlarini tashkil etish xususida topshiriqlar berildi. 

Mazkur tadbir doirasida, mas’ullar tomonida Oliy ta’lim muassasalarida davra suhbatlari va boshqa targ’ibot tadbirlari o’tkazildi. 

Tadbir ishtirokchilariga is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasi chaqnashining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha eslatmalar tarqatish, yong‘in xavfsizligi talablari, isitish moslamalari va pechlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish yuzasidan mutaxassislar tomonidan tushunchalar berildi.