Profilaktik tadbirlar Jarqoʻrgʻon tumani misolida

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari boshchiligida Jarqoʻrgʻon tumani "Nurli diyor" mahallasida joylashgan ko‘p kvartirali uylar, ularning yerto‘lalari, aholi yashash xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganildi. 

O‘rganish davomida mutasaddilar aholi bilan uchrashib, ularning ayni sohaga oid muammo va murojaatlari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, is gazi, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.