“Yong‘in xavfsizligi oyiligi” tadbirlari

Joriy yilning 15-noyabr kuni Navoiy viloyati FVB boshligʻi polkovnik B.K.Poʻlatov rahbarligida daxldor tashkilot mas’ullari bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda tumandagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini oʻrganish maqsadida, Karmana tumani “Kumushkon” MFYda, keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida tumanda yashovchi yakka-yolg‘iz, kam ta’minlangan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar holidan xabar olindi.