Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi tadbirlari

FVV Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan Toshkent moliya instituti, Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qator ta’lim tashkilotlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.  

Tadbir ishtirokchilariga turli hususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan nazariy bilimlar, shuningdek, respublikamizda e’lon qilingan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.