FVV Akademiyasi kursantlari “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etdi

Yuqori darajadagi tafakkur – malakali qutqaruvchi faoliyatida eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursantlari “Zakovat” arenasida o‘tkazilgan intellektual o‘yinda hayotning turli sohalari bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etdi. 

Ushbu nufuzli bilim bellashuvida 400 nafardan ortiq kursant jamoalarga bo‘linib ishtirok etdi. Eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan dastlabki uchta jamoaga esdalik sovg‘alar topshirildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi arafasida o‘tkazildi.